Screenshots
About Mo'jizaviy kitob

Mo‘jizaviy kitob ilovasidagi hikoyalar ikki ming yildan oshiq davr mobaynida muqaddas deb eʼtirof etilgan, jahon madaniyatining klassik merosi hisoblangan Muqaddas Kitobga asoslangan. Bolajonlar va ularning ota–onalari uchun yaratilgan ushbu bepul ilova, sizni Muqaddas Kitob voqealari bilan tanishtiradi. Ilovadagi hikoyalar o'zbek, rus va ingliz tillarida berilgan bo'lib, audiolar va rasmlar bilan boyitilgan.


Endi farzandingiz bir o'q bilan ikki quyonni ura oladi: Muqaddas Kitob hikoyalari bilan tanishib, rus va ingliz tillarini mukammallashtira oladilar. Har bir hikoyadan keyin berilgan savollar farzandingizni fikr yuritishga undaydi, yod olinadigan kalit oyatlar esa xotirani mustahkamlaydi.


Muqaddas Kitobda bayon qilingan aksariyat voqealar g'arbiy Osiyoda bo'lib o'tgan bo'lsa–da, undagi bebaho hikmatlar dunyo bo'ylab yoyilib, ko'plab xalqlar madaniyatini yanada boyitdi. Hikoyalarni o'qishdan, eshitishdan hamda Xudo va Uning So'zi haqida ko'proq ma'lumot olishdan zavqlaning!


Sening kaloming qadamlarim uchun chiroqdir,


Yo'limga nur sochadigan yorug'likdir.


— Zabur 118:105



Additional Information
Version
1.3.1 (142.2 MB)
Updated
Jul 08, 2022
Age
4+ Years
First Released
Feb 18, 2022
Developer
Category
App Store ID
Available on
Write a review